15 Qorong'u 15 yorug'
Konsta, Akmalxo'ja -

15 Qorong'u 15 yorug'

Длительность: 04:02
Размер файла: 9.26 MB
Качество: 320 kbps
Дата добавления: 24.03.2023
Скачать

Текст песни

O’rningdan tur, bu hali oxirimas,
Darding og’ir bo’lsada, aniq eng og’irimas.
O’tkan ish xato emas, yo’q, uni har biri dars,
Osonroq bo’lmaydi, agar qilsang o’tirib arz.
Imkoni yo’q narsani o’zi yo’q,
O’zimiz ochamiz yangi yo’l agar yo’q bo’lsa yo’l.
Iloji yo’q narsani o’zi yo’q,
“U ziyon”, - degan xatolaring bu aslida ziyon!
Bu yaralarni barisi bitadi,
Evaziga ba’zan dars keladi, ba’zan darz ketadi.
Darz ketadi ishonch oynasiga,
Keyin ko’ngil hech kimni qo’ymas ekan!
Lekin aniq bir safar keladi kun,
Bulutlar orasidan bizga tikiladi kun.
Ko’zlardagi olov dardni qiladi kul,
Keladi kun, do’stim...!

Oyning o'n beshi qorong’u,
Bo’lsa o'n beshi yorug’dur.
Erishamiz baribir o’zimiznikiga,
Aniq bu safar endi bizniki gal...!

O’zinga ber savol, do’stim,
Barchasi yaxshimi rostan?
Yiqilganing bu biroz dam,
O’zingga ber savol, do’stim.
Qanchalik xohlaysan hayotingni o’zgartirishni?
Qachon boshlaysan bir ishni o’ylamay bitirishni?
Bor kuching bilan kirishmay, bir martadan ko’p tirishmay,
Maqsad nima? O’tirishmmi? Unda bas qil gapirishni!
Maqsading bo’lsa mingta qadamni ham ayama,
Ming bor kurash, ming bor yiqil, bu ham kammi yana?

Другие песни исполнителя Konsta

Похожие песни